ShOShILINCh AXBOROT
16.08.2022

Joriy yilning 18-20 avgust kunlari O‘zbekiston hududlariga Ural hududlaridan salqin havo kirib keladi.
18-20 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda, jumladan:
18 avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
19-20 avgustda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.
19-20 avgustda kunduzgi havo harorati 27-32° gacha pasayadi.
19-avgustga shamol tezligining taqsimlanishi xaritasi