Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan hududlar

Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan hududlar

01.07.2022

Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan  hududlar

        30 iyun kuni quyidagi suv ob’ektlarida yer usti suvlaridan namunalar olindi:

       - Bo‘zsuv kanali – Toshkent shahrining ko‘pgina boshqa kanallarini suv bilan ta’minlovchi yirik kanal. Suv sifati II sinf toza suvlarga mos keladi. (Suv ifloslanishi indeksi (SII)-0,5).

       - Qorasuv kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyatining Qibray tumani Oqqavasoy GESidan boshlanadi va Toshkentning janubiy-sharqiy  va janubiy (Sergeli va Bektemirni hisobga olmaganda) qismi bo‘yicha oqib o‘tadi. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlarga mos keladi (SII-1,53).

        Salar kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyati Qibray tumani TashGRES posyolkasidan boshlanadi.  Toshkentning shimoliy-sharqiy qismidan janubiy-g‘arbiy qismiga, shahar markazi bo‘ylab oqadi. Suv sifati III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlarga mos keladi (SII-1,95).

        - Anxor kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Kichik xalqa yo‘lidan boshlanadi. Suv sifati  II sinf toza suvlarga mos keladi (SII-1,5).

       -  Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida  Pskem,  Chotqol va Ko‘ksuv daryolarining quyilish joyida  joylashgan.  Suv sifati II sinf toza suvlarga mos keladi (SII-0,7).

      -  Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi  gidrotexnik inshoat. Suv sifati II sinf toza suvlarga mos keladi  (SII-0,9).

        O‘tgan xafta bilan solishtirilganda Anxor, Bo‘zsuv, Burdjar kanallarida, shuningdek Chorvoq va Tuyabo‘g‘iz suv omborlarida suv sifati  III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlardan  II sinf (toza) suvlarga o‘zgargan, Qorasuv va Salar kanallarida xam suv sifati yaxshilandi  IV sinf  (ifloslangan) suvlardan III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlarga o‘zgargan.

        Suv ob’ektlarini kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishi bo‘yicha Toshkent kanali suvlari II sinf (toza) suvlar va III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlarga mos keladi.