Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan hududlar
24.06.2022
Toshkent shahri xududi bo‘yicha kanal va daryolarning katta qismi oqib o‘tadi, ularning ko‘pchilik qismini kelib chiqishi sun’iy. Bizning poytaxtimizni ko‘pchilik kanallarini suv bilan ta’minlavchi kanal Bo‘zsuv kanali hisoblanadi. Uning boshi Chirchiq daryosidan boshlanadi. Toshkentdan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalining asosiy tarmoqlari Qorasuv, Salar, Kalkauz va Anxor, yirik ariqlar Oqqo‘rg‘on va Darvozakent hisoblanadi.
22 iyun kuni quyidagi suv ob’ektlarida yer usti suvlaridan na’munalar olindi:
- Bo‘zsuv kanali – Toshkent shahrining ko‘pgina boshqa kanallarini suv bilan ta’minlovchi yirik kanal. Suv sifati III sinfga mos keladi. (Suv ifloslanishi indeksi (SII) - 1,6).
- Qorasuv kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyatining Qibray tumani Oqqavasoy GESidan boshlanadi va Toshkentning janubiy-sharqiy va janubiy (Sergeli va Bektemirni hisobga olmaganda) qismi bo‘yicha oqib o‘tadi. Suv sifati IV sinfiga mos keladi (SII-2,9).
Salar kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyati Qibray tumani TashGRES posyolkasidan boshlanadi. Toshkentning shimoliy-sharqiy qismidan janubiy-g‘arbiy qismiga, shahar markazi bo‘ylab oqadi. Suv sifati IV sinfiga mos keladi (SII-3,95).
- Anxor kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Kichik xalqa yo‘lidan boshlanadi. Suv sifati III sinfga mos keladi (SII-1,5).
- Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Pskem, Chotqol va Ko‘ksuv daryolarining quyilish joyida joylashgan. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,3).
- Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi gidrotexnik inshoat. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,5).
O‘tgan xafta bilan solishtirilganda Anxor kanalida va Tuyabo‘g‘iz suv omborida suv sifati yomonlashgan va II sinf (toza) suvlardan III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlarga o‘zgargan, Qorasuv va Salar kanallarida esa II sinf (toza) suvlardan va III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlardan IV sinf (ifloslangan) suvlarga o‘zgargan bu kanalga neft maxsulotlari va fenolni tushishi bilan bog‘liq. Bo‘zsuv kanali va Tuyabo‘g‘iz suv omborida suv sifati o‘zgarishsiz qolmoqda va III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlarga mos kelmoqda. Bu o‘zgarishlar bo‘lib o‘tgan ko‘p yog‘inlar bilan bog‘liq.
Suv havzalarining kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishi bo‘yicha Toshkent kanallari III sinf (o‘rtacha ifloslangan) va IV sinf (ifloslangan) suvlarga mos keladi.