Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan hududlar
17.06.2022
Toshkent shahri xududi bo‘yicha kanal va daryolarning katta qismi oqib o‘tadi, ularning ko‘pchilik qismini kelib chiqishi sun’iy. Bizning poytaxtimizni ko‘pchilik kanallarini suv bilan ta’minlavchi kanal Bo‘zsuv kanali hisoblanadi. Uning boshi Chirchiq daryosidan boshlanadi. Toshkentdan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalining asosiy tarmoqlari Qorasuv, Salar, Kalkauz va Anxor, yirik ariqlar Oqqo‘rg‘on va Darvozakent hisoblanadi.
15 iyun kuni quyidagi suv ob’ektlarida yer usti suvlaridan namunalar olindi:
- Bo‘zsuv kanali – Toshkent shahrining ko‘pgina boshqa kanallarini suv bilan ta’minlovchi yirik kanal. Suv sifati III sinfga mos keladi. (Suv ifloslanishi indeksi (SII) - 1,4).
- Qorasuv kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyatining Qibray tumani Oqqavasoy GESidan boshlanadi va Toshkentning janubiy-sharqiy va janubiy (Sergeli va Bektemirni hisobga olmaganda) qismi bo‘yicha oqib o‘tadi. Suv sifati II sinfiga mos keladi (SII-0,9).
Salar kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyati Qibray tumani TashGRES posyolkasidan boshlanadi. Toshkentning shimoliy-sharqiy qismidan janubiy-g‘arbiy qismiga, shahar markazi bo‘ylab oqadi. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,5).
- Anxor kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Kichik xalqa yo‘lidan boshlanadi. Suv sifati II sinfga mos keladi (SII-0,86).
- Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Pskem, Chotqol va Ko‘ksuv daryolarining quyilish joyida joylashgan. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,2).
- Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi gidrotexnik inshoat. Suv sifati II sinfiga mos keladi (SII-0,8).
O‘tgan xafta bilan solishtirilganda Bo‘zsuv kanalida suv sifati yomonlashgan va II sinf (toza) suvlardan III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlarga o‘zgargan, bu kanalga neft maxsulotlari va fenolni tushishi bilan bog‘liq. Qorasuv, Anxor kanallari va Tuyabo‘g‘iz suv omborida suv sifati yaxshilangan va III sinf (o‘rtacha ifloslangan) suvlardan II sinf (toza) suvlarga o‘zgargan. Qolgan suv xavzalarida suv sifati oldingi darajada qolgan. Bu o‘zgarishlar bo‘lib o‘tgan ko‘p yog‘inlar bilan bog‘liq.
Shahar kanallarining ifloslanishiga qirg‘oq bo‘ylab ruxsatsiz axlatxonalarning, insonning xo‘jalik faoliyati va maishiy oqava suvlarning quyilishi ta’sir etadi.
Suv havzalarining kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishiga oid kanallar suv sifati II sinf toza suvlar va III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlarga qarashli. Issiq yozning boshlanishi va yuqori harorat tufayli ochiq suvda suzish mumkin, faqat maxsus jihozlangan shahar tashqarisidagi plyajlarda cho‘milish maqsadga muvofiq.
Ma’lumot uchun: Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv ob’ektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.