SHOSHILINCH (TEZKOR) GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT NIMA?
14.06.2022
Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘zgidrometning eng muhim vazifalaridan biri davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni kuzatilgan va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning ifloslanish darajasi, shu jumladan favqulodda gidrometeorologik axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi.
Avvalo shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘zgidromet, bir qator muhim vazirlik va idoralar singari Favqulodda vaziyatlarda (FVDT) ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiradi. Ogohlantirish sxemalariga muvofiq Shoshilinch (tezkor) gidrometeorologik axborotlar O‘zgidromet tomonidan hukumatga, FVDTning barcha a’zolariga, manfaatdor iste’molchilarga, OAV va aholiga taqdim etiladi.
“Shoshilinch (tezkor) gidrometeorologik axborot” atamasi nimani anglatadi va O‘zgidromet qanday hollarda ushbu turdagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak?
O‘zgidromet har kuni 6 kunlik O‘zbekiston hududi uchun ob-havo prognozlarini chiqaradi. Prognozda bulutlar, yog‘ingarchilik, turli xil ob-havo hodisalari (tuman, momaqaldiroq, do‘l va boshqalar), shamol yo‘nalishi va tezligi, havo harorati haqida ma’lumotlar mavjud.
Aksariyat hollarda (normal sharoitlarda) ob-havo sharoiti ishlab chiqarish faoliyati va aholi turmush tarziga xavf tug‘dirmaydi.
Biroq, ayrim sinoptik vaziyatlarda gidrometeorologik hodisalar “xavfsiz” hodisalardan tashqariga chiqishi va iqtisodiyotning turli tarmoqlari faoliyatini sezilarli darajada murakkablashtirishi va ba’zi hollarda sog‘liq va hatto odamlar hayotiga tahdid solishi mumkin.
Kuchli shamollar daraxtlarni buzadi, beqaror yoki yomon o‘rnatilgan inshootlarga va binolarning tomiga zarar yetkazadi. Chang va qum bo‘ronlari qishloq xo‘jaligi ekinlarini qum bilan qoplaydi, atmosferani ifloslantiradi va nafas olishda qiyinchiliklarga olib keladi.
Kuchli shamollar daraxtlarni sindiradi, beqaror yoki yomon o‘rnatilgan inshootlarga va binolarning tomiga zarar yetkazadi. Chang va qum bo‘ronlari qishloq xo‘jaligi ekinlarini qum bilan qoplaydi, atmosferani ifloslantiradi va nafas olishda qiyinchiliklarga olib keladi. Kuchli qor yog‘ishi va kuchli shamollar elektr uzatish liniyalarining uzilishiga, qor ko‘chkilarining shakllanishiga ko‘chkilar tushishiga olib keladi. Havoning g‘ayritabiiy past yoki yuqori harorati tirik organizmlarga zarar yetkazadi. Kuchli yomg‘irlar mevali daraxtlarning gullarini to‘kilishini, dalalarni suv bilan toshishini, shuningdek, sel-suv toshqinlarni keltirib chiqaradi.
O‘zgidromet amaliyotida Jahon meteorologiya tashkilotining metodologiyasi va tavsiyalariga muvofiq gidrometeorologik hodisalar va ularning xavfli yoki o‘ta xavfli deb hisoblanadigan chegara qiymatlari ro‘yxati keltirilgan. Ushbu mezonlarning barchasi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ba’zi xavfli gidrometeorologik hodisalarning xususiyatlari keltirilgan quyidagi jadvalda keltirilgan.
Holat nomi |
Xarakteristika i kriterii yavleniya |
Meteorologicheskie yavleniya |
|
Kuchli shamol |
Maksimal shamol tezligi15-24 m/s |
Juda kuchli shamol (dovul) |
Maksimal shamol tezligi 25 m/s va undan yuqori |
Qasirg‘a (shiddatli shamol) |
Shamol qisqa muddatga keskin (bir necha daqiqa davomida, lekin 1 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak) 15 — 24 m/s gacha kuchayishi |
Kuchli changli (qumli) bo‘ron |
Tezligi 15 m/s va undan yuqori maksimal tezlikdagi shamol ta’sirida chang (qum) ko‘chishi, davomiyligi 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan meteorologik uzoqlik ko‘rinishining 500 m dan kam yomonlashishi |
Kuchli tuman (g‘ubor) |
Suvning eng kichik zarrachalari (chang, yonish mahsulotlari) to‘planishi hisobiga havoni kuchli xiralashishi, bunda davomiyligi 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan gorizontal meteorologik uzoqlik ko‘rinishi 50 m dan kam yomonlashishi |
Kuchli yomg‘ir (yomg‘ir qor bilan) |
Yog‘ingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 15-29 mm |
Juda kuchli yomg‘ir (yomg‘ir qor bilan) |
Yog‘ingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 30 mm va undan ko‘p |
Kuchli qor |
Yog‘ingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 7-19 mm |
Juda kuchli qor |
12 soat va undan kam vaqt ichida 20 mm va undan ko‘p bo‘lgan yog‘ingarchilik miqdori |
Do‘l |
Diametri 6 — 19 mm bo‘lgan do‘l |
Yirik do‘l |
Diametri 20 mm va undan katta bo‘lgan do‘l |
Issiq ob-havo |
May oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida 40° va undan yuqori bo‘lgan maksimal harorat ko‘rsatkichi |
Kuchli issiq |
May oyidan avgust oyigacha bo‘lgan davrda 43° va undan yuqori bo‘lgan maksimal havo harorati, janubiy hududlar va cho‘l hududlar uchun 46° va undan yuqori bo‘lgan maksimal havo harorati |
Anomal issiq ob-havo |
Aprel oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida iqlimiy me’yordan 7° va undan yuqori bo‘lgan o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘rsatkichlari |
Kuchli sovuq |
Noyabr oyidan mart oyigacha bo‘lgan davrda 20° sovuq va undan past bo‘lgan minimal havo harorati, shimoliy hududlar uchun 30° sovuq va undan past bo‘lgan minimal havo harorati |
Anomal sovuq ob-havo |
Oktabr oyidan aprel oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida iqlimiy me’yordan 7° va undan past bo‘lgan o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘rsatkichlari |
Agrometeorologik hodisalar |
|
Havo va tuproq yuzasida sovuq |
Qishloq xo‘jalik ekinlari vegetatsiyasi faol bo‘lgan yoki hosil yig‘im-terimi davrida havo yoki tuproq yuzasida o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati 0° dan past ko‘rsatkichlargacha pasayishi |
Qurg‘oqchilik |
Quruq barqaror ob-havo davomiyligi (bir o‘n kunlikdan va undan ko‘p va muddatlardan hech bo‘lmasa bittasida maksimal havo harorati 35° va undan yuqori va havoning nisbiy namligi 30% yoki undan kam bo‘lishi |
Quruq issiq shamol |
Havo haroratini yuqori (maksimal ko‘rsatkichi 40° va undan yuqori) bo‘lishi, nisbiy namlik pastligi (kuzatuv muddatlaridan kamida bir marta 30% va undan kam) va shamol (shamol tezligi 5 m/s va undan ko‘p) besh va undan ko‘p kun davomida saqlanib turishi |
Gidrologik hodisalar |
|
Sel va sel oqimi |
Jadal jala yomg‘irlar yoki qorni tez erishi natijasida to‘satdan, tog‘li daryo havzalarida hosil bo‘ladigan suv va tog‘ jinslari aralashmasidan iborat juda tez oqib keladigan suv o‘zani oqimi, baland tog‘ ko‘llarini (morena) yorib chiqishi |
Polovode |
Yejegodnыy pod’em urovnya vodы v rekax, vыzыvaemыy tayaniem snega |
Pavodok |
Yilning turli mavsumlarida ko‘p marotaba qaytarilishi mumkin bo‘lgan suv tartibi fazasida suv sathi va suv sarfi jadal ko‘payishi (odatda qisqa muddatga) bilan tavsiflanadi. Havo isishi davrida yomg‘ir va jadal qor erishi hisobiga yuzaga keladi |
Gidrologik qurg‘oqchilik |
Daryo va suv omborlariga suv oqib kelishining pasayishi, yer osti suvlari zaxiralarni kamayishi, bu suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda qiyinchiliklarga olib keladi |
Qor ko‘chkisi hodisalari |
|
Ko‘chki |
Tog‘ va tog‘ oldi hududlarda qiyalik bo‘ylab qor massalarining harakati (siljishi) |
Qor karnizlarining qulashi (ajralishi) |
Tog‘ jarliklari yoki yonbag‘irlarini shamolga teskari tomonining eng chetida hosil bo‘lgan va ko‘p to‘plangan zich qorning qulashi. Qorning izg‘irin natijasida ko‘chishi asosan shamolga teskari yonbag‘irlarda hosil bo‘ladi. Ular qor (300 kg/m2 dan yuqori) zich bo‘lganligi sababli, avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va boshqa ob’ektlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qulab tushganda xavf tug‘diradi. |
Atrof tabiiy muhitning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar |
|
Atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanishi |
Bir martalik ruxsat etilgan me’yor (REM)dan oshadigan bitta yoki bir nechta moddalarning tarkibi, 10 — 14 marta ushbu darajani 2 sutka saqlab turganda, 15 — 24 marta bu darajani 8 soat va undan ortiq saqlab turganda, 25 va undan ortiq saqlab turganda. Ko‘rinuvchi belgilar: ushbu hudud uchun g‘ayrioddiy barqaror hidning paydo bo‘lishi, havoning inson sezgilariga ta’sirini aniqlash, rangli va kislotali yog‘ingarchilik. |
Yuza suvlarning yuqori darajada ifloslanishi |
REM dan 50 va undar ortiq bo‘lgan bir yoki bir nechta moddalarning konsentratsiyalardagi maksimal-bir martalik miqdori. Eritilgan kislorodning 2 mgO2/l gacha pasayishi, biokimyoviy iste’molning (BOD5) 60 mgO2/l dan oshishi. Baliq va o‘simliklarning ommaviy qirilishi. |
Tuproqning yuqori darajada ifloslanishi |
Sanitariya va toksikologik mezonlarga muvofiq 50 yoki undan ortiq REM konsentratsiyalarda pestitsidlarning miqdori. Fitotoksik mezonlar bo‘yicha 10 yoki undan ortiq REM. REMdan 50 va undan ko‘proq marta oshuvchi texnogen tarkibdagi konsentratsiyalarda ifloslantiruvchi moddalarning miqdori. |
Sinoptiklar qandaydir hodisa yoki hodisalar majmuasi u yoki bu darajada zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yuqori darajaga yetishini kutgan hollarda favqulodda gidrometeorologik axborot “Shoshilinch axborot” shaklida beriladi. Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunda Shoshilinch (tezkor) gidrometeorologik axborotni quyidagi ta’rifi keltirilgan.
“Shoshilinch (tezkor) gidrometeorologik axborot – aholining hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solishi, shuningdek atrof tabiiy muhitga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risidagi zudlik bilan taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot”
Kuchli shamollar shimolda, O‘zbekistonning cho‘l zonasida va orografiya xususiyatiga ega bo‘lgan hududlarda yuqori iqlim takrorlanuvchanligiga ega. Shunday qilib, Qoraqalpog‘istonning shimolida kuchli shamollarning iqlimiy takroriyligi yiliga 50 kundan oshadi, ayrim yillarda esa yiliga 250-300 kunga yetadi. Xuddi shu narsa boshqa meteorologik hodisalarga ham tegishli. Agar kutilayotgan hodisa xavfli hodisalar toifasining pastki chegarasiga tegishli bo‘lsa, unda favqulodda ma’lumotlarning chiqarilishi talab qilinmaydi.
Shoshilinch axborotlarni chiqarilishi manfaatdor vazirliklar va idoralarning alohida e’tiborini kutilayotgan xavfli va o‘ta xavfli hodisalarga jalb qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni minimallashtirish maqsadida ularga to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.