Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan hududlar

Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan hududlar

10.06.2022

Issiq kunlarda cho‘milishga yaroqli bo‘lgan  hududlar

        Toshkent shahri hududi bo‘yicha kanal va daryolarning katta qismi oqib o‘tadi, ularning ko‘pchilik qismini kelib chiqishi sun’iy. Bizning poytaxtimizni ko‘pchilik kanallarini suv bilan ta’minlavchi kanal Bo‘zsuv kanali hisoblanadi. Uning boshi Chirchiq daryosidan boshlanadi. Toshkentdan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalining asosiy tarmoqlari Qorasuv, Salar, Kalkauz va Anxor, yirik ariqlar Oqqo‘rg‘on va Darvozakent hisoblanadi.

        8 iyun kuni quyidagi suv ob’ektlarida yer usti suvlaridan namunalar olindi:

       - Bo‘zsuv kanali – Toshkent shahrining ko‘pgina boshqa kanallarini suv bilan ta’minlovchi yirik kanal. Suv sifati II sinfga mos keladi. (Suv ifloslanishi indeksi (SII) - 0,8).

       - Qorasuv kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyatining Qibray tumani Oqqavasoy GESidan boshlanadi va Toshkentning janubiy-sharqiy  va janubiy (Sergeli va Bektemirni hisobga olmaganda) qismi bo‘yicha oqib o‘tadi. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,0).

        Salar kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Toshkent viloyati Qibray tumani TashGRES posyolkasidan boshlanadi.  Toshkentning shimoliy-sharqiy qismidan janubiy-g‘arbiy qismiga, shahar markazi bo‘ylab oqadi. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-2,5).

        - Anxor kanali – Bo‘zsuv kanalining chap tomoni, u Kichik xalqa yo‘lidan boshlanadi. Suv sifati II sinfga mos keladi (SII-1,2).

       -  Chorvoq suv ombori – Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida  Pskem,  Chotqol va Ko‘ksuv daryolarining quyilish joyida  joylashgan.  Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,1).

      -  Tuyabo‘g‘iz suv ombori – Toshkent viloyatidagi Ohangoron daryosi o‘rta oqimidagi gidrotexnik inshoat. Suv sifati III sinfiga mos keladi (SII-1,2).

        Shahar kanallarining ifloslanishiga qirg‘oq bo‘ylab ruxsatsiz  axlatxonalarning, insonning xo‘jalik faoliyati va maishiy oqava suvlarning quyilishi ta’sir etadi.

        Suv havzalarining kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslanishiga oid kanallar suv sifati I sinf toza suvlar va  III sinf o‘rtacha ifloslangan suvlarga qarashli. Issiq yozning boshlanishi va yuqori harorat tufayli ochiq suvda suzish, ayniqsa yaxshi  saqlangan plyajlarda  cho‘milish qulaydir. 

        Ma’lumot uchun: Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun  foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv ob’ektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi.