SHOSHILINCH AXBOROT

SHOSHILINCH AXBOROT

25.05.2022

ЭКСТРЕННАЯ ИНФОРМАЦИЯ

Joriy yilning 26 may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 27-28 may kunlari respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.

Траектория движения влажной воздушной массы с районов Кавказа

Kavkaz hududlaridan nam havo massasini harakatlanish trayektoriyasi xaritasi

27-28 mayda respublika hududi bo‘yicha, 29 mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

26 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, cho‘l hududlarida va janubida,
27-29 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

27 mayda O‘zbekistonning shimolida va cho‘l hududlarida, 28 mayda hududlarning katta qismida kunduzgi havo harorati
21-26o gacha pasayadi.