17-20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
15.05.2022
17-20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 17 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 17-18 mayda 25-30°, 19-20 mayda 27-32° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 17-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 17 va 20 mayda 30-35°, 18-19 mayda 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 18 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30°; 19 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 20 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22°, faqat 18 mayda 15-20° bo‘ladi.