Parij bitimi bo‘yicha majburiyatlarni muhokama qilmoqdamiz
24.06.2021
Parij bitimini imzolash orqali mamlakatimiz milliy miqyosda belgilanadigan hissalar (MMBH) bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish, ularni yangilab borish va qayta ko‘rib chiqilgan MMBHlarni bajarish majburiyatini oldi.
23 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining yangilangan milliy miqyosda belgilanadigan hissalarini (MMBH) tayyorlash jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv BMTTD, O‘zgidromet va Adaptatsiya jamg‘armasining “O‘zbekistonnning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan dehqon va fermer xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Muhokamada MMBHlarni tayyorlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi a’zolari, iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha mutaxassislar, BMTTD vakillari ishtirok etdi.
O‘zgidromet Bosh direktori o‘rinbosari Ibratjon Karimov o‘z nutqida mamlakatimizning jahon miqyosidagi obro‘sini oshirish va xalqimiz farovonligining yuqori darajasini ta’minlaydigan iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun qabul qilingan Parij bitimi doirasida olingan majburiyatlarni ilgari surish bo‘yicha muvaffaqiyatli va samarali ishlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.