O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 11-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 11-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

11.04.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 11-15 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

Hafta oxiriga kelib issiq bo‘ladi.

 

Bugun respublika hududining katta qismida havo bulutli, quruq va iliq bo‘lishi kutimloqda, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatiladi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunning o‘rtasiga kelib, 24-29° ni tashkil etadi.

Toshkent viloyatida kechasi va ertaga ertalab, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kunning birinchi yarmida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Mamlakatimizning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 14-19° ni, kunduzi 24-29° ni tashkil etadi.

13-15 aprelda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Hafta oxiriga kelib, harorat me’yoriy qiymatlardan 6-8° ga yuqor bo‘ladi va kechalari 14-19°, kunduz kunlari 30-35° atrofida bo‘ladi.