11 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 10 aprel soat 20 dan – 11 aprel soat 20 gacha
10.04.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 10-11 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin, jumladan:
10 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida 17-22 m/s gacha kuchayadi;
11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
11 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI 10 aprel soat 20 dan – 11 aprel soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 15-17o, kunduzi 26-28o bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol
17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi
12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, Jizzax viloyatida ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan
25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda chang to‘zonlar
bilan 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momoqaldiroq paytida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.