Bayram kunlariga ob-havo prognozi
18.03.2022
Bayram kunlari yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?
“Navro‘z” bayrami kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Toshkent viloyatida kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Navoiy viloyatining shimolida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi kuchsiz sovuq saqlanib turadi, kunduz kuni harorat 10-15o iliqgacha ko‘tariladi.
22 martda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 0-5o iliqni, kunduzi 10-15o iliqni tashkil etadi.
23 martda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana nam va sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimolda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kungi harorat 4-9o iliqgacha pasayadi.
Ushbu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zgidromet sinoptiklari respublikamiz aholisi va mehmonlarini yaqinlashib kelayotgan "Navro‘z" bayrami bilan tabriklaydi! Ushbu ajoyib kun hayotga faqat tabassum, kulgi va ko‘proq yaxshi daqiqalarni keltirsin. Boshingiz ustida tinch osmon, sodiq do‘stlar, tinchlik va farovonlikni tilaymiz.