SHOSHILINCH AXBOROT!

SHOSHILINCH AXBOROT!

15.03.2022

SHOSHILINCH AXBOROT!

Joriy yilning 16-19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar tumanlarida;

 Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bustonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq tumanlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg’on tumanlarida;

Fаrg’ona viloyati: So’x, Fаrg’ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Jalal quduk, Qo’rg’ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel kelishi xavfi e‘lon qilinadi.

Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.