O‘zbekiston bo‘yicha 11-13 martga ob-havo prognozi

O‘zbekiston bo‘yicha 11-13 martga ob-havo prognozi

11.03.2022

O‘zbekiston bo‘yicha 11-13 martga ob-havo prognozi

Dam olish kunlarida yomg‘ir yog‘adi

 

Bugun kunduz kuni va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining kattta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida biroz yomg‘irlar faqat ayrim hududlarda yog‘adi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik, yomg‘ir va qor ko‘rinishida, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, momaqaldiroq paytida shamol tezligi 25-28 m/s ga yetishi mumkin.

Havo harorati 17-20° iliqdan 13-16° iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Respublika hududi bo‘yicha va keyingi haftaning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi bilan kuzatiladigan beqaror ob-havo saqlanib turadi.

Bunday ob-havo atmosferada juda faol janubiy frontal zonalarni mavjudligi hisobiga, respublika hududiga doimiy ravishda nam bulutli massivlar kirib kelishini hosil qiladi.

O‘tgan yilning mart oyida ham O‘zbekistonda tez-tez yomg‘ir yog‘ishi bilan ob-havoning huddi shunday holati kuzatilgan. Masalan, Toshkentda yomg‘irli kunlar soni 21 kunni tashkil etgan.