SHOSHILINCH AXBOROT
10.03.2022
Joriy yilning 10-16 mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, soʻngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
11-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
11 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
12 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
13 martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
14 martda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
15-16 martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
10-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
10 mart va 13-16 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida 17-22 m/s gacha;
11-12 mart va 15-16 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
12 mart kuniga yog‘ingarchilik miqdori tarqalishi xaritasi