XUSH XABAR!

XUSH XABAR!

11.06.2021

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Gidrometeorologiya yo‘nalishida sirtqi (3+2) ta’lim amalga oshirilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Gidrometeorologiya yo‘nalishida sirtqi (3+2) ta’lim amalga oshirilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi

Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Qo‘shma ta’lim dasturlar, talabalikka qabul kvotalari tomonlar kelishuvi asosida mustaqil belgilanadi va talabalar shartnoma asosida taxsil oladilar, shartnoma to‘lovi Universitetlar tomonidan qonunchilikka muvofiq mustaqil belgilanadi.

Qo‘shma ta’lim dasturi asosida talabalikka qabul qilish jarayoni Rossiya davlat gidrometeorologiya universitetida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qo‘shma ta’lim dastur asosida tahsil olgan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi Oliy ta’limi tomonidan tan olingan namuna asosida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti diplomlari beriladi.

Hujjatlarni qabul qilish iyun-iyul oyidan boshlanadi.