9-12 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
07.03.2022
9-12 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 martda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi
10-15° iliq, 10-11 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 12 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq,
10 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° iliq, 11 martda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 18-23° iliq,
12 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq,
10 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 16-21° iliq, 11 martda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 16-21° iliq,
12 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18 iliq,
10 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq, 11-12 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi
20-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9 martda 10-15° iliq,
10-12 martda 13-18° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-10 martda kechasi 3°sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 11-12 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.