O‘zbekiston bo‘yicha 21-25 fevralga ob-havo prognozi
21.02.2022
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha bahoriy iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Kunduz kuni harorat 18-21° iliqgacha ko‘tariladi, ushbu kun me’yoridan 7-9° ga yuqoridir.
Ertadan ish haftasining oxirigacha Kavkazdan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, bunda respublikaning ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati asosan kechalari 4-9° iliq, kunduz kunlari 13-18° iliq bo‘lishi kutilmoqda, bu iqlimiy me’yordan yuqoridir.
Poytaxtimizda hafta davomida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda, faqat 25 fevral, juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.
Hafta davomida respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.