12-15 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
10.02.2022
12-15 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 12 va 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 14 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
12 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 13 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 14 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 15 fevralda kechasi 5-10° sovuq, Ustyurtda 8-13° sovuqgacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 12 va 14 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 13 va 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq; 13 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi
5-10° iliq; 14 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 15 fevralda kechasi 2-7° sovuq, Navoiy viloyatining shimolida 5-10° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 12 va 14 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 13 va 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 fevrada kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq; 13-14 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 15 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 12 va 14 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 13 va 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 fevralda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 6-11° iliq, 13 fevralda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 8-13° iliq, 14 fevralda kechasi
0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 6-11° iliq; 15 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 12 va 14 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 13 va 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-13 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 14-15 fevralda kechasi kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 12 va 14 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 12 fevralda kuchli bo‘lishi mumkin. 13 va 15 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 13-14 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 15 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.