O‘zbekiston bo‘yicha 7-11 fevralga prognoz
07.02.2022
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob- havoni antisiklon pereferiyasi belgilaydi. Respublika bo‘yicha biroz yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 2-7o. iliqni tashkil etadi.
Ertaga respublika hududiga Kavkaz hududilaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shimolda va tog‘li hududlarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq.
Havo harorati 2o sovuq-3o iliqgacha pasayadi, kunduzi 3-8o iliq atrofida bo‘ladi.
9 fevralda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik hududlarning katta qismi bo‘ladi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi kuchsiz sovuqlar saqlanib turadi, kunduzi esa havo harorati 7-10o iliqgacha asta-sekin ko‘tarila boshlaydi.
Hafta o‘rtasidan respublika bo‘yicha ob-havo o‘zgaradi, hududlarga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib keladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va havo haroratining me’yoriy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi, haftaning oxiriga kelib, kunduzgi havo harorati 12-15o iliqgacha, janubda 18-20o iliqgacha isiydi.
Haftaning katta qismida kechasi va ertalab tuman kuzatiladi.
7-8 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.