Buxoro viloyati Kogon shaharchasida meteorologik radiolokator (MRL) moslamasi o‘rnatish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda
27.01.2022
Joriy yilning 26 yanvar kuni Buxoro gidrometeorologiya boshqarmasi tarkibiga qarashli qurilayotgan Buxoro tumanida agrometeorologik postda olib borilayotgan ishlarni kuzatish maqsadida O‘zgidromet xizmati markazi bosh direktori o‘rinbosari F.Safarov ish jarayoni bilan tanishdi. Meteorologik lokator 200 km radiusda mavjud va kutilayotgan ob-havo xodisalari to‘g‘risida, jumladan bulutlar oqimi va turi, shamol tezligi va yo‘nalishi, yog‘inlar miqdori va turi (yomg‘ir, do‘l, qor) hamda uning davomiyligi, momaqaldiroq sodir bo‘lgan hududlarni vizualizatsiya qilish orqali meteorologik kartalarga tushiradi va oldindan xabardor qilish imkoniyatlari mavjud. Ma’lumotlar har 30 daqiqada yangilanadi va muntazam ravishda O‘zgidrometning meteorologik lokatorlar geografik axborot-tahliliy geoportaliga uzatib boriladi.