Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida atmosfera havosi ifloslanishi bo‘yicha amalga oshirilgan marshrutli kuzatuv bo‘yicha tezkor MA’LUMOT

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida atmosfera havosi ifloslanishi bo‘yicha amalga oshirilgan marshrutli kuzatuv bo‘yicha tezkor MA’LUMOT

27.01.2022

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida atmosfera havosi ifloslanishi bo‘yicha amalga oshirilgan marshrutli kuzatuv bo‘yicha tezkor MA’LUMOT

O‘zgidromet tomonidan joriy yilining 2 yanvar kuni mobil laboratoriyada Bo‘stonliq tumani “Chorbog‘” MFY hududida (“Chorbog‘” suv atrofi) atmosfera havosini tabiiy ifloslansh holati bo‘yicha kuzatuv ishlari tashkil etildi. Kuzatuv tashkil etilishiga sabab ushbu hududda kuchli shamol ta’sirida atmosfera havosiga tashlanayotgan chang zarralarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

Mobil laboratoriya “HORIVA” kompaniyasining yuqori sezuvchan uskunlari bilan jihozlangan bo‘lib, mazkur uskunalar atmosfera havosidagi 0,0001 mkg/m3 bo‘lgan eng mayda chang zarrachalarini qayd qilish imkoniga ega.

Kuzatuvlar natijasida soat 13:20 vaqt oralig‘ida atmosfera xavosidagi 10 mikrongacha bo‘lgan chang zarralari miqdori – 9,6 mkg/m3, RM 2,5 – 2,4 mkg/m3ni tashkil etdi.

Mazkur kuzatuvlar natijasida atmosfera havosidagi chang miqdorini Respublikada o‘rnatilgan ruxsat etilgan me’yoriy miqdordan ortmaganligi qayd etildi. Shuningdek, Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan me’yorlarga ham muvofiqligini ma’lum qilamiz (JSST ko‘ra RM 2,5 – 5 mkg/m3ni, RM 10 – 15 mkg/m3 etib belgilangan).

O‘zgidromet tomonidan doimiy kuzatuv ishlari davom ettiriladi.