4 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

4 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.04.2025

MUHIM HODISALAR

4-7 apreldaRespublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

4 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-30° bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kechga tomon ayrim joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo’ladi.