Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan 2020 yil va 2021 yil mobaynida mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan taklif buyurgan mexmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifining maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan 2020 yil va 2021 yil mobaynida budjet mablag‘lari hisobidan avtotransport vositalari sotib olinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2021 yil tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasida ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari va saqlash xarajatlariga jami 30 ta ob’ekt uchun 11 000 000 000 mablag‘ rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 27 ta ob’ekt uchun 100% mablag‘ ajratilgan va qurish bitkazilgan, 3 ta ob’ekt esa yildan yilga o‘tkazilgan, Manzilli ro‘yxatni Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan 30 ta, “Shaffof qurilish” tizimiga tanlov savdolarini tashkil etish uchun joylashtirilgan 30 ta, yildan yilga o‘tuvchi ob’ektlar soni 3 ta jadval ilova qilinadi