O‘zgidromet Bosh direktori Sherzod Habibullayev "S5+1" Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha vazirlar uchrashuvining sessiyasida nutq so‘zladi

O‘zgidromet Bosh direktori Sherzod Habibullayev "S5+1" Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha vazirlar uchrashuvining sessiyasida nutq so‘zladi

21.09.2021

O‘zgidromet Bosh direktori Sherzod Habibullayev "S5+1" Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha vazirlar uchrashuvining sessiyasida nutq so‘zladi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Jusipbek Kazbekov va O‘zgidromet bosh direktori Sherzod Habibullayev C5+1 Dialogi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ekologiya boshqarmalari rahbarlarining Yuqori Segmenti yig‘ilishida ishtirok etdi.

Uchrashuv AQSH prezidentining iqlim bo‘yicha maxsus elchisi Jon Kerri va Davlat kotibining okeanlar va xalqaro ekologiya va ilmiy masalalar bo‘yicha yordamchisi, elchi Markiya Bernikut boshchiligida onlayn tarzda o‘tkazildi.

Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Serikkali Brekeshev, Qirg‘iziston Respublikasi Davlat ekologiya va iqlim qo‘mitasi raisi Dinara Kutmanova, Tojikiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mita raisi Bahodur SHeralizoda, Turkmaniston qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Allanur Altiev, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov ishtirok etishdi.

O‘zgidromet bosh direktori SH.Habibullaev Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha 1-sessiyasidagi nutqida (Milliy miqyosda belgilanadigan hissani amalga oshirishda iqlim o‘zgarishini yumshatish bo‘yicha ambitsiyalarning oshish istiqbollari, imkoniyatlari va muammolari) iqlim o‘zgarishi muammosining muhimligini tan olib, O‘zbekiston 1993 yil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy  konvensiyasi, 2017 yil yil Parij bitimi imzolaganini ta’kidladi.

Ushbu Bitimni tayyorlash jarayonida, O‘zbekiston IO‘DK kotibiyatiga Parij bitimi imzolangandan so‘ng avtomatik ravishda MMBHga aylanadigan o‘zining Milliy miqyosda belgilanadigan hissasi haqida xabar berdi.

O‘zbekiston 2030 yilga kelib, YAlpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlari chiqindilarining solishtirma qiymatini 2010 yilga nisbatan 10% ga kamaytirish majburiyatini oldi.

O‘zgidromet vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2030 yilga qadar Milliy miqyosda belgilanadigan hissaga bo‘lgan ambitsiyalarni oshirish imkoniyatini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdi.

Hozirda yangilangan MMBH bo‘yicha davlatning ichki tasdiqlash tartibi davom etmoqda. Yangilangan MMBHni yaqin oradagi bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasining 26-Tomonlar Konferensiyasida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Uzoq muddatli maqsadga erishishda, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari ko‘magida energiya tejaydigan va ekologik toza ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlash, iqlimni moliyalashtirish resurslaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston mintaqadagi iqlim o‘zgarishi masalalarini hal qilishda mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, uni “C5+1” platformasi doirasida amaliy mazmun bilan to‘ldirish tarafdori ekanini qayd etdi va birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali samarali amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yib, bizning umumiy uyimiz bo‘lmish — Markaziy Osiyoning ravnaqi yo‘lida aniq natijalarga erishishimiz lozimligiga ishonch bildirdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha 2-sessiyasida (Iqlim o‘zgarishiga moslashishning ustuvor yo‘nalishlari, iqlim o‘zgarishiga moslashishning joriy va rejalashtirilgan harakatlari, moslashish imkoniyatlari va muammolari) O‘zgidromet bo‘lim boshlig‘i N. Agalseva ma’ruza bilan nutq so‘zladi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston salbiy oqibatlarini yumshatish va iqtisodiyotning eng zaif tarmoqlarida kuzatilgan iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan izchil siyosat olib bormoqda. Mamlakat rahbariyati va Hukumati iqlim o‘zgarishi sohasidagi harakatlarni tartibga solish va chora - tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator hujjatlar qabul qildi. O‘zgidromet manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha iqlim o‘zgarishi strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqkanligini, hamda strategiyaning maqsadlari va tamoyillari haqida gapirib o‘tdi.

J.Kerri o‘z nutqida Buyuk Britaniyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 26-Tomonlar konferensiyasi chog‘ida C5+1 Hamkor mamlakatlar Dialogida AQSH tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va “Global Metan majburiyatiga” qo‘shilishga chaqirdi.

Malumot uchun: Imzolovchilar barcha sektorlarda global antropogen metan chiqindilarini 2030 yilga borib, 2020 yil darajasidan kamida 30 foizga kamaytirishga birgalikda harakat qilish majburiyatini oladilar, bu esa 2050 yilga borib global issiqlikni 0,2 daraja Selsiyadan oshirmaslik oldini olishga yordam beradi.

Uchrashuvda tomonlar Parij bitimiga muvofiq milliy miqyosda belgilanadigan hissalarni taqdim etishga kelishib oldilar, «C5+1» mintaqaviy diplomatik platformasi homiyligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga sodiqliklarini tasdiqladilar.

Tadbir natijasida tomonlar C5+1 platformasini institutsion qo‘llab quvvatlash bu platformada keng tarqalgan dolzarb muammolarni hal qilish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib, Qo‘shma bayonot qabul qilishdi.