5 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 4 noyabr soat 20 dan 5 noyabr soat 20 gacha

5 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 4 noyabr soat 20 dan 5 noyabr soat 20 gacha

04.11.2025

MUHIM HODISALAR

4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

4-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqqacha bo‘ladi.

5 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI 4 noyabr soat 20 dan 5 noyabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq, 3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin.kunduzi yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

SAMARQAND VILOYATI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° gacha sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda
2° gacha sovuq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo’ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5°iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib shimoli-sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi-3° sovuq-2°iliq bo‘ladi.