17-20 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

17-20 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15.09.2025

17-20 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 sentabrda 8-13°, 20 sentabrda 10-15°, kunduzi 17 sentabrda 20-25° bo‘ladi, 18-20 sentabrda asta-sekin 25-30° gacha ko‘tariladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17 sentabrda 20-25° bo‘ladi, 18-20 sentabrda 25-30° gacha ko‘tariladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-18 sentabrda 20-25° bo‘ladi, 19-20 sentabrda 25-30° gacha ko‘tariladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 sentabrda 12-17°, 18-20 sentabrda 10-15°, kunduzi 17-19 sentabrda 25-30°, 20 sentabrda 28-33° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGANFARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17-18 sentabrda 
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 19-20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-18 sentabrda 20-25°, 19-20 sentabrda 22-27° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 17-18 sentabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 19-20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 17-18 sentabrda 10-15°, 19-20 sentabrda 12-17° bo‘ladi.