15 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.09.2025

15 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida havo biroz bulutli, kunning birinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momoqaldiroq bo’lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun qisqa muddatli yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 
27-29° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.