16 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
16.05.2025
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 16 may kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43° gacha ko‘tariladi.
16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
16 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mukin.. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat 36-41°, janubda va cho’l hududlarda 42-43° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.