O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 18-20-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.04.2025
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati bugun 18-21 darajagacha, ertaga 14-17 darajagacha pasayishi davom etadi.
20 aprel – yakshanba kuni faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘zbekistonning qolgan hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi.
20 aprelda kechasi va kunduzi havo nisbatan salqin bo‘ladi, harorat kechasi 5-10 darajagacha pasayadi, kunduzi esa quyosh nurlari havoni 20-23 darajagacha isitadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 18-20 daraja bo‘ladi.
Shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 15-17 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-20 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2025-yil 18-aprel