O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 14-18 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 14-18 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.10.2024

 

 

Kecha O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Ural (Rossiya) hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi.

Bugun va ertaga antisiklon mamlakatimizning barcha hududlariga ta’sir etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi, faqat respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Chorshanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha iqlimiy qiymatlardan 
6-8o ga past bo‘ladi. Harorat kechalari 3-8o iliqqacha, shimoliy hududlarda 
0-2o sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 13-18o dan yuqori bo‘lmaydi.

Payshanba va juma kunlari antisiklon sharqqa tomon siljiydi, bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik yog‘ishi ehtimoli kam. Havo harorati kechalari 3-8o iliq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi, juma kuniga kelib kunduz kuni 17-22o gacha ko‘tariladi.

16-17 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

14-17 oktabrda respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: bugun va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 15-17o ni tashkil etadi, ertaga kechasi 8-10o bo‘ladi, kunduzi 13-15o dan yuqori bo‘lmaydi.

16-17 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 3-6o iliq, kunduz kunlari 13-16o atrofida bo‘ladi.

 

 

2024 yil 14 oktabr

O‘zgidromet