O‘ZBEKISTONDA ODATDA OKTABR OYI QANDAY BO‘LADI VA 2024 YIL OKTABR OYIDA QANDAY OB-HAVO BO‘LIShI KUTILMOQDA
02.10.2024
Oktabr – taqvim kuzining o‘rtasidir.
Iqlimiy xususiyatlarga ko‘ra, oktabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati sentabr oyiga nisbatan 6-7 darajaga, respublika shimolida 8-9 darajaga past bo‘ladi.
Hududning katta qismida oyning birinchi yarmida harorat kechalari 8-11 daraja iliqni, ikkinchi yarmidaeesa 2-7 daraja iliqni tashkil etadi.
Kunduzgi harorat odatda 23-28 daraja iliqdan (eng iliq davrlarda 33-35 daraja qiymatlariga yetadi) 10-15o daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Albatta, har yili tabiat ob-havo sharoitlariga o‘z tuzatishlarini kiritadi va ba’zida haqiqiy harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan (iqlim me’yori) sezilarli darajada farq qiladi.
Shunday qilib, oktabr oyida, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida, ba’zida
birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.
Maksimal, minimal havo harorati (оС)
va yog‘ingarchilik miqdori (mm)
Meteorologik kuzatuvlarning 150 yildan ortiq tarixi davomida harorat kechalari
6-11 daraja sovuqqacha, shimolda 10-15 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 22 darajaga sovuqqacha pasaygan yillar kuzatilgan. Toshkentda oktabr oyida minimal harorat rekordi 11,2 daraja sovuqni tashkil etadi, u 1909 yilda qayd etilgan edi.
Bunday past havo harorati faqat o‘tgan asrda kuzatilgan. Ushbu asrda
oktabr oyidagi harorat 2-4 daraja suvuqdan pastga tushmadi. Faqat respublikaning shimolida 2014 va 2016 yillarda havo harorati 6-11 daraja suvuqqacha pasaydi, Ustyurtda 15 daraja suvuq bo‘ldi.
Respublika hududining katta qismida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun oktabr oyidagi eng yuqori harorat ko‘rsatkichlari 37-38 darajani, shimolda va Farg‘ona vodiysida 32-35 darajani tashkil etdi.
Minimal harorat rekordlaridan farqli, O‘zbekistonning bir qator hududlarida maksimal harorat rekordlari shu asrda o‘rnatildi.
Iqlim me’yoriga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida oktabr oyida
4 kundan 6 kungacha, tog‘larga yaqinroq 7-9 kungacha, respublikaning eng chekka janubida 1 kundan 3 kungacha yomg‘ir yog‘adi. Juda keskin sovuq davrlarda kamdan-kam holatlar (har 8-10 yilda bir marta) yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanish kuzatilgan.
Ba’zi yillarda oyiga yog‘ingarchilik bo‘lgan kunlar soni 2-3 kundan oshmaydi
va juda kamdan-kam hollarda qator hududlarda yog‘ingarchilik umuman kuzatilmagan oktabr oylari ham kuzatilgan.
Ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori 13 mm dan 25 mm gacha, tog‘larda 27 mm dan 70 mm gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 3 mm dan
11 mm gachani tashkil etadi.
Haqiqatda, harorat jihatidan oktabr oyi yog‘ingarchilik yog‘ishi tartibi va miqdori bo‘yicha tarli xil bo‘ladi.
Ushbu asrda O‘zbekiston hududi bo‘yicha 2015 yil oktabr oyi yomg‘ir eng ko‘p kuzatilgan yil bo‘ldi. Toshkentda oylik yog‘ingarchilik miqdori 88 mm ni (oylik me’yordan deyarli 4 baravar ko‘p) tashkil edi, bunda 3 kun davomida 62 mm bo‘ldi. Oktabr oyida maksimal oylik yog‘ingarchilik miqdori kuzatuvlarning barcha qatori uchun 126 mm ni tashkil etdi, u 1901 yilda qayd etildi.
Huddi shu davrda (2001-2023) 2020 yil oktabr oyi eng quruq bo‘lib, hududning katta qismida oy davomida quruq ob-havo saqlanib turdi.
Bu yil oktabr iliq ob-havo bilan boshlanadi.
2-4 oktabr kunlari harorat kechalari 13-18 daraja iliqqacha, kunduz kunlari
26-31 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yomg‘ir faqat 2 oktabr kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va 3-4 oktabr kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida yog‘adi.
Respublika bo‘yicha 5 oktabrdan 10 oktabrgacha harorat foni pasayadi.
Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari
21-26 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida 5-6 oktabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
7-10oktabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 23-28 daraja iliqdan 15-20 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida ayrim hududlarda tuproqda va havoda sovuqlar kuzatilishi mumkin.
Oktabr oyi ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarining ayrim kunlarida (o‘n kunlikda 1-3 kundan) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.
Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, respublika shimolida, janubida
va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.