O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 22-26 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.04.2024
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida
va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ertaga – 23 aprelda kunning ikkinchi yarmida faqat Toshkent viloyatida
va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
24 aprelda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25-26 aprel kunlari respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.
Ushbu kunlarda harorat foni deyarli o‘zgarmaydi. Harorat asosan kechalari 13-18o, kunduz kunlari 24-29o bo‘ladi.
22-26 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.
24-25 aprelda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
22 aprelda harorat ko‘tarilishi hisobiga baland tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
22-23 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo o‘zgarib turadi, 22-23 aprel va 25 aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 14-17o, kunduz kunlari 23-28o bo‘ladi.