11 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.04.2024

MUHIM HODISALAR 11-15 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. 12-14 aprel kunlari respublikaning ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog’ hududlarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. 12-15 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 11 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° iliq bo‘ladi.