11-13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

11-13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

09.04.2024

11-13 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 22-27°; 12-13 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-13 aparelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 12-13 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-13 aparelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 12-13 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-13 aparelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 12 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°; 13 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 13 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 11 aprelda 22-27°, 12-13 aprelda 18-23° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-13 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11 aprelda 13-18°, 12-13 aprelda 5-10° bo‘ladi.