9 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.04.2024

MUHIM HODISALAR

9-15 aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

9 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ertalab Buxoro, Navoiy, viloyatlarida, kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.

Toshkentda kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-18° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida bazi joylarda yomg’ir yog’ad, baland tog’li xududlarda qorga aylanishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° bo‘ladi.