11 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 10 yanvar soat 20 dan 11 yanvar soat 20 gacha

11 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 10 yanvar soat 20 dan 11 yanvar soat 20 gacha

10.01.2024

11 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

10 yanvar soat 20 dan 11 yanvar soat 20 gacha

 

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 7-9° iliq boʻladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, cho’l hududlarda  yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq,  cho’l hududlarda  kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

 SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg’ir yog’ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi  5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg’ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.