O‘ZBEKISTON BOYICHA 22-24 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BOYICHA 22-24 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

22.12.2023

Bugun 22 dekabr va 23-24 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat ko‘tariladi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida havo 8-13o iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa 12-17o iliqqacha isiydi. Kechalari ham havo iliq bo‘ladi, yakshanba kuniga kelib, harorat kechasi 2-7o iliqqacha ko‘tariladi.

Bu kunlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 24 dekabr-yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, Farg‘ona vodiysining ayrim joylariga tuman tushishi kunduzi ham saqlanib turadi.

24 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Poytaxtimizda: 22-24 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmayd. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 10-12o iliq bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari esa kechalari 3-5o iliqqacha, kunduz kunlari 14-16o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.