Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati

Toshkent kanallari va suv omborlarida suv sifati

04.08.2023

           2023-yil 2-avgust  kuni  suv ifloslanishi indeksi boʻyicha (SII) kimyoviy ifloslantiruvchilar miqdorini aniqlash uchun yer usti suvlaridan namunalar olindi va tahlil qilindi: 

        - Boʻzsuv kanali — Teleminora hududi.   Mis boʻyicha konsentratsiyalar ortishi qayd etildi – 1,6 REM. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 11,34 mgO/2l . Suv sifati   II sinf toza  suvlar, SII -  0,73.

        - Qorasuv kanaliFurqat bogʻi hududida. Nitritli azot boʻyicha – 1,05 REM, fenol boʻyicha – 6,0 REM, mis boʻyicha 2,2 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi -11,33 mgO/2l .  Suv sifati  III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII -  1,87.

- Salar kanali —  Ekoparkdan quyida. Mis boʻyicha konsentratsiyalar ortishi qayd etildi – 4,6 REM.  Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi - 8,36 mgO/2l.  Suv sifati III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlar, SII - 1,28.

        - Anxor kanali —  Kichik xalqa yoʻlidan quyida.  Neft mahsulotlari boʻyicha – 7,4 REM, mis boʻyicha 1,2 REM konsentratsiyalar ortishi qayd etildi. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi – 11,32 mgO/2l.   Suv sifati    III sinf oʻrtacha ifloslangan suvlarSII 1,68.

          - Boʻrijar kanali – Magic city bogʻi  hududi. Mis boʻyicha konsentratsiyalar ortishi qayd etildi – 1,4 REM. Kislorod tartibi qoniqarli, eritilgan kislorodning konsentratsiyasi - 10,76 mgO/2l.    Suv sifati  II sinf toza   suvlar, SII 0,54.

 

                  

  

        Oldingi hafta  bilan solishtirilganda Toshkent shahridagi kanallar va Toshkent viloyati suv omborlaridagi suv sifati  muhim oʻzgarishlarga duch kelmadi.  Suv ifloslanishi indeksi (SII) boʻyicha qabul qilingan tasnifga muvofiq Toshkent shahar kanallari II va III sinflarga tegishli boʻlib, toza va oʻrtacha ifloslangan suvlarga toʻgʻri keladi.

Maʻlumot uchun:    Suv ifloslanishi indeksidan (SII)- yer usti suvlari sifatini kompleks baholash uchun  foydalaniladi. U nafaqat suv sifatini turli suv obʻektlarida solishtirishga, balki suv sifatini vaqtinchalik va fazoviy dinamikasini baholash imkonini beradi