O'ZBEKISTON BO'YICHA 4-6 AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI
04.08.2023
Dam olish kunlari harorat asta-sekin pasayadi.
Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 35-38o atrofida, ba’zi joylarda 40o gacha, janubda ba’zi joylarda 42o gacha bo‘ladi.
Hududning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ertaga 5 avgust kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 5 avgust kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, havo harorati 32-37o gacha pasayadi.
6 avgust yakshanba kuni nisbatan nam va salqin havo massalari kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Kunduzgi harorat barcha joylarda 30-35o gacha, janubda 35-38o gacha pasayadi. Bulutlilik ko‘payishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechasi esa Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon balan kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 4 avgust kuni shamolning kuchayishi ba’zida 20-25 m/s gacha yetishi mumkin.
Poytaxtimizda: 4-6 avgust kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-6 m/s tezlikda esadi, 6 avgustda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 38-40o dan 33-35o gacha asta-sekin pasayadi.