10 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.04.2023
MUHIM HODISALAR
10-11 aprelda Toshkent viloyatining tog‘li xududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor.
10-11 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
10 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida esa 22-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 15-20o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17o bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan balandda qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo‘ladi.