O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 27-29-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 27-29-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.01.2023

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 27-29-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha sovuq antisiklon periferiyasining ta’siri asta-sekin kuchsizlanishi davom etadi.

Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi kuzatiladi.

Respublika hududi bo‘yicha havo haroratining ko‘tarilishi notekis bo‘ladi. Bugun kunduzi respublikaning katta qismida harorat 0-5o iliq atrofida, Surxondaryo viloyatida 7-10o iliqgacha bo‘ladi. Ammo Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 2-4o sovuq atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi Harorat kechalari 3-8o sovuq, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 10-12o sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat 2-7o iliqgacha, Surxondaryo viloyatida 10o iliqgacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi asta-sekin 2-4o iliqgacha, yakshanba kuni 5-7o iliqgacha ko‘tarilida. Kechalari 3-5o sovuq bo‘ladi.

 

Hududlar kesimida ushbu havola orqali tanishishingiz mumkun