13-16 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

13-16 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

11.12.2021

13-16 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 14 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq , kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. Ustyurtda 13 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 14-16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq , kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15-16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi va  kunduzi 0-5° iliq,
14 dekabrda kechasi 2-7° sovuq , kunduzi 3° sovuq-2° iliqgacha, 15 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi; Navoiy viloyatining shimolida 13 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 
1-6° sovuq, 14 dekabrda kechasi
7-12° sovuq , kunduzi 1-6° sovuq, 15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 
0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
14 dekabrda ba’zi joylarda
qor yog‘adi. 15-16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi

0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 14 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15-16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
14 dekabrda ba’zi joylarda
qor yog‘adi. 15-16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 13 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 14 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 15-16 dekabrda kechasi
2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi
0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 15 dekabrda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 13-15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. 13 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi, 14-16 dekabrda kechasi 7-12° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuqgacha pasayadi.