12 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 11 dekabr soat 20 dan – 12 dekabr soat 20 gacha

12 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI 11 dekabr soat 20 dan – 12 dekabr soat 20 gacha

11.12.2021

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 12-15 dekabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.

12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘ oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo haroratini me’yordan 8-10o pasayishi kutilmoqda.

13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8o sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5o iliqgacha, shimolda kechalari 7-12o sovuqgacha, ba’zi joylarda 14-16o sovuqgacha, kunduz kunlari 3o sovuq 2o iliqgacha pasayadi.

 

12 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

11 dekabr soat 20 dan – 12 dekabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 7-9° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joyralda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumki. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.