Haftaning birinchi yarmida harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8° ga ko‘p bo‘ladi

Haftaning birinchi yarmida harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8° ga ko‘p bo‘ladi

17.05.2021

Haftaning birinchi yarmida harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8° ga ko‘p bo‘ladi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Eron hududidan keladigan yozgi harorat qiymatlariga xos bo‘lgan juda issiq havo ta’sirida bo‘ladi. Ko‘pchilik viloyatlarda quruq, asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi. 
Kunduz kungi havo harorati 32-35° gacha, janubda va cho‘l hududlarida 38°  gacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8° ko‘pdir, biroq bu qiymatlar ushbu kunlar uchun haroratning mutloq maksimumidan kam. Eng iliq yillarda ushbu muddatlarda kunduzgi havo harorati 38-40° gacha, janubda 40-42° gacha ko‘tarilgan.
Haftaning oxiriga kelib, harorat 27-30° gacha pasayadi, bunday holat Qozog‘iston hududlaridan salqin havo kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
20-21 mayda respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
O‘zgidromet 17-20 may kunlarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel xavfi haqida ogohlantiradi.