8 OKTYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
08.10.2021
MUXIM XODISALAR
9-11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Havo harorati 10-12o ga pasayishi kutilmoqda.
9-11 oktabrda kunduz kunlari harorat 10-13o iliqni, 10-11 oktabrda kechalari 2-5o iliqni tashkil etadi. Shimolda
9-10 oktabrda kechalari ba’zi joylarda 0-3o sovuqgacha bo‘ladi.
9-10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.
9-10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
8 OKTYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o’zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Buxora, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʼingarchilik kutilmaydi. Shimoli sharqiy shamol yonalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18о iliq bo’ladi.
Toshkentda havo o’zgarib turadi, biroz yomg’ir yog’adi. Shimoli sharqiy shamol yonalishini o’zgartirib g’arbdan
5-10 m/s tezlikda. Harorat 15-17о iliq boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o’zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shimoli sharqiy shamol yonalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13о iliq boʼladi.