Ushbu haftada sovuq ob-havo davom etadi
04.10.2021
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida harorat 17-22° iliq bo‘lgan quyoshli va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Ertaga ko‘pchilik viloyatlarda tekis harorat fonida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga Kavkazdan yana sovuq va kuchsiz havo massalari kirib keladi. O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
6 oktabr (seshanba) kuni ushbu havo massasi respublikaning markaziy va sharqiy tumanlariga ta’sir etadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo massalari Farg‘ona vodiysiga o‘tishi davrida yomg‘irlar jadalligi kuchayadi, ushbu hududda biroz yomg‘ir yog‘ib o‘tadi.
5-6 oktabrda shimolda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayayishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari 5-10° iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 13-15° iliqgacha pasayadi.
Chorshanba kuni yomg‘ir yog‘adi, hududlarning katta qismida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va harorat yana 17-20° iliqgacha ko‘tariladi. YOmg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Farg‘ona vodiysida va faqat ertalab saqlanib turadi.
Ammo quruq va nisbatan iliq ob-havo uzoq davom etmaydi. 8 oktyabr payshanba kuni respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy qirg‘og‘idan yana nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ushbu kunlarda havo harorati yana 13-15° iliqgacha pasayadi.
Ayrim kunlarda haroratning ko‘tarilishiga qaramay, o‘rtacha bu hafta ushbu davr me’yoridan 5-7° ga sovuqroq bo‘ladi.