2 OKTABRGA OB-HAVO BASHORATI 1 oktabr soat 20 dan – 2 oktabr soat 20 gacha
01.10.2021
MUHIM HODISALAR
1-3 oktabrda Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali O‘zbekiston hududiga kirishda davom etadi.
1-3 oktabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8o iliqgacha, kunduz kunlari
12-17o iliqgacha, shimolda kechalari 0-5o iliqgacha, kunduz kunlari 10-15o iliqgacha pasayadi.
1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3 oktabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yogi’ngarchilik (yomg‘ir qor) bo‘ladi.
1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
2 OKTABRGA OB-HAVO BASHORATI
1 oktabr soat 20 dan – 2 oktabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; Ustyurtda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq, Navoiy viloyatining shimolda kechasi
3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.