O‘zgidrometda 1-Oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zgidrometda 1-Oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

30.09.2021

O‘zgidrometda 1-Oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Biz hayotimiz davomida ko‘plab bayramlarni nishonlaymiz. Ularning orasida - O‘qituvchi va murabbiylar kuni alohida o‘rin tutadi. Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Ustozlar esa hayotimiz charog‘bonlaridir. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan. Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘", degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.

O‘zgidrometda o‘tkazilgan bugungi tadbir ham ana shu bayramiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zgidromet faoliyatida ko‘p yillar davomida mehnati hamda yoshlarga bilim va malakasini oshirishga hissa qo‘shgan ustozlarga tilaklar bildirildi, ushbu kunni nishonlash tarixi, an’analari eslandi. Mavzuiy chiqishlar qilindi, badiiy sahnalar qo‘yildi, tadbir so‘ngida ustoz murabbiylarimizga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zgidromet Axborot xizmati