Oktabr oyi haroratning pasayishi bilan boshlanadi
30.09.2021

Bayram va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiya Evropa qismining (Moskva viloyati) Markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massalari ta’sir etadi.
1-2 oktabr kunlari sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan respublikaning ayrim hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. 3 oktabr kuni beqarorlik faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida saqlanib turadi, ushbu hududlarda joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
2-3 oktabr kunlari tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas.
1-2 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
1-3 oktabrda havo harorati asta-sekin kechalari 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.М